Hotline
998 71 231-07-53 Learn more
  • O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

    Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

    Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan  xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalari 2018 yilda e’lon qilingan ro‘yxat asosida shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting e’lon qilingunga qadar amal qiladi.

    Ro‘yxatni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining www.tdi.uz rasmiy sayti orqali ko‘rishingiz mumkin.

    Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:

    -ARWU – The Academic Ranking of world Universities;

    THE – Times Higher Education;

    -QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.

     

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    -Qo‘shma qarorni yuklab olish

    Related news
...
26.11.2018 832
The final stage of the TUIT OPEN 2018 Programming Contest was held on 24-25 November in current year with initiative of the Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad Al-Khwarizmi in cooperation with the State Inspection for supervision of quality in education under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan. Participating teams of the programming...

...
07.02.2019 612
 Within the framework of the project “Modernization of Higher Education” implemented in cooperation with the World Bank and Ministry of higher and secondary specialized Education on improving the quality of education in the higher education system and ensuring its international competitiveness, an international expert Bastian Baumann was chosen as an adviser of the State In...
REGIONAL DEPARTMENTS
SITE MAP