Государственная инспекция по надзору за качеством образования ПРИ КАБИНЕТЕ МИНИСТРОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Внимание! Веб-сайт работает в тестовом режиме.

Внимание! Веб-сайт работает в тестовом режиме.

Телефон доверия
998 71 231-07-53 Подробнее
  • Taʼlim inspeksiyasiga Avstraliyadan xalqaro ekspert jalb qilindi.
    ...

    Maʼlumki, Taʼlim inspeksiyasi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) oʻrtasida “Oʻquvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi(PISA 2021)da ishtirok etish” toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan. Unga muvofiq, PISA 2021 xalqaro dasturida ishtirok etish bilan birga, dasturga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish imkoniyatlarini tahlil qilish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish rejasi, shuningdek, taʼlim sifatini nazorat qilish milliy tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda IHTT tomonidan texnik va metodik yordam koʻrsatish belgilangan boʻlib, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Taʼlim sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha Avstraliya kengashi (ACER) bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

    Ushbu samarali hamkorlikning ilk qadamlari sifatida joriy yilning 20 may kuni taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ACER tashkilotining yetakchi ilmiy eksperti Ursula Shvanter (Ursula Schwanter) xonim tashrif buyurdi.

    Mazkur tashrifning asosiy maqsadlaridan biri Oʻzbekiston taʼlim tizimi, uning boshqaruv tuzilmalari haqida maʼlumotlar bilan tanishgan xolda PISA 2021 tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish yuzasidan imkoniyatlarni tahlil qilish hamda rivojlantirish rejasini ishlab chiqish maqsadida Davlat inspeksiyasi rahbariyati hamda Inspeksiya huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari bilan suhbatlar olib borish, qolaversa Avstraliya taʼlim tizimi yutuqlari bilan tanishtirishdan iboratdir.

    Shuningdek 25 mayga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu tashrif davomida Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika taʼlim markazi, Avloniy nomidagi rahbar va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti vakillari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Shu oʻrinda yana bir narsani alohida taʼkidlash kerakki, Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida Davlat inspeksiyasi rahbariyati hamda Inspeksiya huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida xalqaro baholash tadqiqotlari boʻyicha xududiy seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.  Bu  turdagi seminarlarning navbatdagisi Ursula Shvanter xonim ishtirokida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

    Ursula Shvanter- ACER tashkilotining Taʼlim siyosati va amaliyotlari boʻlimi yetakchi mutaxassisi, Pedagogika fanlari doktori, IHTT, UNESCO, NEQMAP kabi xalqaro nufuzli tashkilotlarning Afrika, Osiyo hamda Shimoliy Amerika boʻyicha ilmiy tadqiqotlari ishtirokchisi, taʼlim taqdqiqotlari tizimida 16 yillik ish tajribasiga ega.

    Похожи новости

...
18.07.2018 6670
На сайте интернет ресурса “Подробно.уз” 16 июля был опубликован материал экономиста Мирякуба Хайдарова – «Эксперт: малый бизнес, рабочие места и образование, или где Узбекистан пока наступает на старые грабли» (https://podrobno.uz/cat/economic/ekspert-malyy-biznes-rabochie-/). ...
ТЕРРИТОРИАЛЬНЫЕ УПРАВЛЕНИЯ
КАРТА САЙТА