O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Barcha davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari rahbarlari diqqatiga!
    ...

    Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1,3-bandlariga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼiy nazar Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, maktabdan tashqari, oliy, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat taʼlim muassasalarini hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini 2020-yil uchun attestatsiyadan oʻtkazish jadvali ishlab chiqilmoqda.

    Yuqoridagi nizomning 19-bandida taʼlim tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1-oktyabriga qadar Taʼlim inspeksiyasiga attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim qilinishi belgilangan. Shu munosabat bilan barcha taʼlim tashkilotlari (yuqorida qayd etilgan nizomning 6-bandiga muvofiq Davlat akkreditatsiyasi muddati 2019 va 2020-yillarda tugaydiganlar) joriy yilning 10-oktyabriga qadar yuqoridagi nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni:

    yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;

    taʼlim tashkilotining toʻliq va qisqartirilgan nomi, joylashgan joyi, telefon raqami, Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili toʻgʻrisidagi maʼlumot (filiali mavjud boʻlgan taʼlim tashkiloti maʼlumotlarni filial boʻyicha ham taqdim etadi);

    soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

    attestatsiyadan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (nodavlat taʼlim tashkilotlari va oʻzini oʻzi toʻliq moliyalashtiradigan davlat taʼlim muassasalari uchun);

    attestatsiyadan oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kurslar va kasblar roʻyxatini ilova qilgan holda ariza topshirishlari soʻraladi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    O`xshash yangiliklar
...
09.08.2018 1654
2018 yil 8 avgustda Mahalliy ta’lim guruhining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekistonning 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasining yangi rejasi (TSR) muhokama qilindi. Ushbu tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNICEF) hamkorligida tashkil etilib, unda xalqaro ekspert Yoaxim Fridrix Fafe tomonidan tayyorl...

...
11.04.2018 2394
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ–3276-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI