O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Davlat taʼlim inspeksiyasi Avstraliyaning ACER tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi
    ...

           Maʼlumki Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 16 yanvarda qabul qilingan “Taʼlim sifatini nazorat qilishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” 4119-sonli qarorida keltirilgan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018  yil 8 dekabrdagi 997-son qarori ijrosi yuzasidan dunyoning nufuzli taʼlim tizimi tashkilotlari va agentliklari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali rivojlangan davlatlar taʼlim tizimi yutuqlarini yurtimizda tadbiq qilish, buning uchun esa taʼlim tizimi tadqiqotlari yoʻnalishida faoliyat yurituvchi idoralar bilan tajriba almashish, yetuk mutaxassislarni jalb qilish muhim yoʻnalishlardan biridir. Bu turdagi samarali ishlar taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatida yanada keng oʻrin tutmoqda. Jumladan joriy yilning 22 may kuni Davlat inspeksiyasi hamda Avstriya taʼlim tadqiqotlari kengashi (Australian Council for Educational Research-ACER) oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

    Ushbu kelishuvning asosiy maqsadi Davlat inspeksiyasi hamda ACER tashkiloti oʻrtasida taʼlim tadqiqotlarini oʻtkazish, mutaxassis-kadrlar almashinuvini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy tadqiqot natijalarini tadbiq qilishga koʻmaklashish, hamkorlikda ilmiy seminar va treninglar tashkil qilish, tajriba almashish kabi  yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat. Mazkur vazifalarni bajarishda ASER tashkilotining salkam bir asrga teng tajribalari muhim axamiyatga ega. Maʼlumot oʻrnida: ACER 1930 yil Avstraliyada mustaqil taʼlim tadqiqotlarini amalga oshirish va ilmiy tahlillar olib borish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, 10 ga yaqin davlatlardagi idoralari orqali oʻz faoliyatini taʼlim sohasidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi. Ushbu xalqaro tashkilotning asosiy faoliyat yoʻnalishlari sifatida turli fanlar kesimida baholash tadqiqotlarini olib borish, Avstraliya hamda xalqaro doiradagi taʼlim soʻrovnomalarini oʻtkazish, taʼlim taraqqiyoti, taʼlim siyosati va amaliyotlari, psixometriya va metodologiya, tizimli tadqiqotlar hamda oliy taʼlim tadqiqotlarini qayd qilish mumkin.

     Shuningdek, PISA tadqiqotlarida qatnashish uchun yangi aʼzo boʻlgan davlatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston uchun metodik va konsultativ koʻmak berish maqsadida IHTT tomonidan shakllantirilgan Core E guruhining muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi. Core E guruhi esa quyidagi vazifalarni bajarishni oʻz oldigan maqsad qilib qoʻygan: PISA 2021 tadqiqotlarida qatnashayotgan davlatlarning  muvaffaqiyatli tayyorlanishiga va loyihaning har bir bosqichini amalga oshirishda koʻmaklashish, Core E guruhi tarkibidagi mamlakatlarning tadqiqotga tayyorgarlik darajasi, salohiyati, imkoniyatlarini tahlil qilish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, salohiyat va imkoniyatlarni oshirish dasturini amaliyotga joriy qilishda qoʻlab-quvvatlash, tajriba sinov (Field trial) va asosiy tadqiqotlar (Main survey)ni oʻtkazish uchun milliy sifatni nazorat qilish tizimini loyihalashtirish va amalga oshirishda koʻmaklashish.

    O`xshash yangiliklar
...
22.01.2019 693
Maʼlumki, yurtimizda taʼlimni rivojlantirishga, xususan, xususiy taʼlim muassasalarini tashkil etishga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Statistikaga eʼtibor qaratsak, 2016 yilda Oʻzbekistonda 24 ta nodavlat umumiy o'rta taʼlim muassasasi faoliyat yuritgan boʻlsa, 2018 yilga kelib ularning soni 84 tadan oshgan. 2019 yilning davlatimiz rahbari tomonidan “Faol invest...

...
29.10.2018 1650
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538 sonli farmoni bilan Davlat inspeksiyasiga: 2019 yil 1 yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumtaʼlim muassasalari reytingini har yili tuzish; umumtaʼlim muassasa...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI