O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • INSON KAPITALI KOʻRSATKICHLARINI OSHIRISHDA TAʼLIM SIFATINING OʻRNI QANDAY?
    ...

    Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrning jamiyat oldiga qoʻyayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda. Strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak saviyali kadrlar, mutaxassislarning oʻrni beqiyos. Bu ehtiyoj osonlik bilan oʻz-oʻzidan qondirilmaydi. Buning zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson, uning salohiyatini kashf etish hamda uni maʼlum maqsadlarga erishish yoʻlida safarbar qilish kabi ulugʻvor vazifalar turadi.

    “Rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning toʻliq sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta eʼtibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu koʻrsatkich 4 barobarni tashkil etadi. ...inson kapitaliga eʼtiborni kuchaytirishimiz, buning uchun esa barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart... Umumiy oʻrta taʼlim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim.

    Shavkat Mirziyoyev

    (Oliy Majlisga Murojaatnomasidan)

    Ayni paytda bolalikda kognitiv va ijtimoiy-hissiy imkoniyatlarda yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklarni balogʻat yoshiga yetganda tuzatish qimmatga tushadi. Shuning uchun hukumat tomonidan inson kapitalini bola hayotining dastlabki 1000 kunligida rivojlantirish iqtisodiy samara beradi.

    Jim Yon Kim

    (Jahon banki prezidenti)

    Tahlillarga koʻra inson kapitalini rivojlantirishda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 3 yoshdan 22 yoshgacha oʻrtacha 210 ming dollar sarflanar va natijada 3,1 mln. dollar foyda keltirilar, Janubiy Koreyada 130 ming dollar sarflanar va 2,1 mln. dollar foyda keltirilar ekan. Yana shuni ham taʼkidlash joizki, rivojlangan mamlakatlarda inson kapitaliga sarflangan har 1 soʻm 13 barovar hisobida qaytadi. Oʻzbekistonda esa 16 ming dollar sarflanib, buning evaziga 70 ming dollar foyda olinar ekan.

    (Manba: “Oʻzbekiston-2035 forumi” materiallaridan).

    Shu oʻrinda tabiiy bir savol tugʻiladi, bularning barchasi iqtisodiy oʻsish bilan nechogʻliq bogʻliq? Birinchidan, inson kapitaliga individual sarmoyalardan olinadigan foyda qoʻshilsa, umumiy samara alohida qismlar miqdoridan koʻproq ekanligi ayon boʻladi.

    Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga koʻra, inson kapitaliga individual investitsiyalar umumlashtirilganda, turli mamlakatlarda inson kapitaliga kiritilgan investitsiya bilan aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar oʻrtasidagi tafovut 10 foizdan 30 foizgacha boʻlishini koʻrsatdi.

    Shunday ekan Oʻzbekiston hukumati, jumladan Taʼlim sifatini taʼminlash davlat inspeksiyasi tomonidan bu borada qanday samarali ishlar amalga oshirilmoqda degan savol barcha uchun birdek ahamiyatga ega.

    Bu borada qilinayotgan ishlarning qisqacha sarhisobiga toʻxtalib oʻtmoqchimiz:

    1. Oʻzbekistonning inson kapital loyihasi boʻyicha strategiyasi shakllantirildi. Jahon Banki Prezidenti janob Jim Yong Kimning yurtimiz rahbari Sh.Mirziyoyevga Oʻzbekistonning Inson Kapitali Loyihasi(IKL)da tashabbuskor davlatlardan biri sifatida ishtirok etishini taklif etganligi maʼlum. Mazkur taklifga binoan Oʻzbekistondan Inson Kapitali Loyihasiga masʼul shaxslar etib Davlat Inspeksiyasi rahbari U. Tashkenbayev hamda Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatovlar tayinlandi. Ular boshchiligida Oʻzbekistonning ilk qaldirgʻoch davlatlardan biri sifatida inson kapitali loyihasida ishtirok etishi uchun Oʻzbekistonning strategiyasi shakllantirildi. Ushbu jarayonda Jahon Banki tomonidan tavsiya qilingan xalqaro ekspert hamda respublikamizning tegishli Vazirliklari jumladan, Davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Sogʻliqni saqlash, Moliya hamda Davlat statistika qoʻmitasi vakillaridan iborat ishchi guruh oʻz faoliyat yuritdi.

    2. Yangi xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash siyosati. 2018 yilda Davlat Davlat inspeksiyasi tomonidan xususiy taʼlim muassasalarini (bolalar bogʻchalari, maktablar, universitetlar) roʻyxatga olish va litsenziyalash jarayonini soddalashtirish va tezlashtirish uchun yangi axborot-kommunikatsiya tizimi joriy etildi. Natijada, mazkur jarayon muddati 40 kundan 10 kungacha qisqartirildi, Onlayn tarzda hujjat topshirish tizimi yoʻlga qoʻyildi, shaffoflik shartlari taʼminlandi, joriy muddatga qadar 900 + dan ortiq litsenziyalar taqdim qilindi.

    3. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning yangi loyihasi. Yangi qonun loyihasi oliy oʻquv yurtlariga avtonomiyalar berish orqali xususiy sektor uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi, inklyuziv taʼlim, ochiq universitetlarni tashkil etish, qoʻshma fakultetlarni ochish, ikki tomonlama diplom dasturlarini legallashtirish va boshqalar.

    4. Milliy reyting tizimlari. Universitetlarning milliy reyting tizimi 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlar tajribasi, shuningdek, jahon reyting agentliklari - QS, THE, ARWU kabi nufuzli reyting agentliklari talablari asosida shakllantirildi.

    Maktablarning milliy reyting tizimi 7 dan ortiq rivojlangan mamlakatlar amaliyoti, shuningdek, PISA va TALIS mezonlari asosida ishlab chiqildi.

    5. Harakatlar rejasi. 2018 yilning 18 iyul kuni bosh vazir oʻrinbosari Xalqaro iqtisodiy hamkorliklarni rivojlantirish tashkiloti(OECD) va Xalqaro taʼlim yutuqlarini baholash assotsiatsiyasi (IEA) dasturlarida Oʻzbekiston Respublikasining ishtiroki boʻyicha harakat rejasini tasdiqladi.

    6. Ishchi guruh. Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Singapur, AQSH, Fransiya va boshqa koʻplab mamlakatlarning xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish boʻyicha tajribalarini oʻrgangan davlat taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari guruhi shakllantirildi.

    7. Milliy markaz tashkil etilishi. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son qaroriga asosan Davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi (Milliy markaz) tashkil etildi.

    8. OECD va IEA bilan shartnoma. Xalqaro iqtisodiy hamkorliklarni rivojlantirish tashkiloti(OECD) , Xalqaro taʼlim yutuqlarini baholash assotsiatsiyasi (IEA) tashkilotlari bilan Davlat inspeksiyasi oʻrtasida Oʻzbekiston nomidan PISA-2021 va PIRLS-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish yuzasidan shartnoma imzolandi va Oʻzbekistonning milliy loyiha menejeri tayinlandi

    9. Jahon Banki bilan hamkorlik. Davlat inspeksiyasi va Jahon banki hamkorligida Oʻzbekistonning xalqaro dasturlarda faol ishtirokini moliyalashtirishga, shuningdek, mavjud milliy sifatni oʻlchash tizimini yaxshilashga qaratilgan xalqaro loyiha tashkil qilindi.

    10. Treninglar tashkil qilinishi. 2019 yil 18-22 fevral kunlari Oʻzbekistondan 20 kishilik Milliy menejerlar guruh Jahon bankining Moskva ofisi tomonidan Rossiya federatsiyasi Taʼlim sifatini taʼminlash markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

    Oʻquv seminarining ikkinchi qismi 2019-yil 22-27-aprel kunlari Toshkent hamda Oʻzbekistonning turli viloyatlarida oʻtkaziladi. Ushbu seminarda PISA, PIRLS dasturlari doirasida oʻqish, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha 200 dan ortiq mutaxassislar oʻqitilishi kutilmoqda.

    11. Mintaqaviy konferensiyalar. Davlat inspeksiyasi va milliy markaz aʼzolaridan iborat delegatsiya tomonidan Oʻzbekistonning barcha hududlarida boshlangʻich va oʻrta taʼlim vakillari (maktab direktorlari, oʻqituvchilar, metodistlar va boshqalar) uchun PISA, PIRLS dasturlari boʻyicha konferensiyalar tashkil etilmoqda.

    12. Xalqaro ekspertlarni jalb qilish. Jahon banki bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyihalar doirasida quyidagi ekspertlar Davlat inspeksiyasi jamoasiga kiritildi:

    Mark Zelman (matematika fanlari nomzodi, taʼlimni baholash va monitoring qilish boʻyicha 15 yillik tajribaga ega), Kovaleva Galina (pedagogika fanlari nomzodi, Rossiya taʼlim akademiyasining mazmuni va oʻqitish usullari institutining taʼlim sifatini baholash markazi rahbari), Bastian Baumann (Xalqaro toifali huquqshunos, taʼlim sifati nazorati boʻyicha 17 yillik ish tajribasiga ega).

    O`xshash yangiliklar
...
02.05.2018 1721
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori hamda 2015 yil 27 martdagi “Xalq ta’limi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ha...

...
31.05.2018 1854
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 44-bandida belgilangan tartibga binoan pedagog kadrla...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI