O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Jahon banki vakillari bilan taʼlim tizimini rivojlantirishga bagʻishlangan loyihalar boʻyicha navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi
    ...

    Avval xabar berganimizdek, Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshqa taʼlim vazirliklari jumladan Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi “Erta bolalikni rivojlantirishni targʻib qilish” loyihasi, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish” loyihasi va shuningdek Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Oliy taʼlim tizimida sifatni taʼminlashni modernizatsiya qilish” loyihalarining bevosita faol ishtirokchilaridan biridir.

    Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-may kuni Jahon Bankining Vashingtondagi yetakchi mutaxassisisi janob Yanssen Teyshera boshchiligidagi vakillar bilan inspeksiya rahbariyati navbatdagi uchrashuv oʻtkazdi. Mazkur uchrashuv kun tartibidan asosan quyidagi masalalar oʻrin egalaladi:

    Birinchidan, 2019-yilning 31-iyulida yakunlanishi rejalashtirilayotgan  “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish” loyihasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va loyiha mablagʻlarining toʻgʻri yoʻnaltirilganligi boʻyicha muhokamalar;

    Ikkinchidan, joriy yilning iyun oyida imzolanishi kutilayotgan “Erta bolalikni rivojlantirishni targʻib qilish” loyihasining tarkibiy qismlarini  kengroq tahlil qilish.

    Birinchi masala boʻyicha ushbu loyiha hisobidan amalga oshirilgan ishlar tahlili koʻzdan kechirilganda, Taʼlim inspeksiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekistonning xalqaro baholash tizimi PISA2021 da ishtirok etish uchun toʻlovlar sifatida foydalanilganligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi huzurida tashkil etilgan Milliy baholash markazining moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilganligi hamda xalqaro baholash tadqiqotlariga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ishlarini olib borish uchun tajribali xalqaro ekspertlarni jalb qilishga muvofaq boʻlinganligi mazkur loyihaning asosiy natijaviy koʻrsatkichi sifatida qayd qilindi.

     Shuningdek uchrashuv davomida mazkur loyiha mablagʻlaridan unumli foydalanib Inspeksiya jamoasi hamda Milliy baholash markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan samarali ishlar jumladan 20 kishilik Oʻzbekistonlik mutaxassislarining Rossiya Federatsiyasi taʼlim tadqiqotlari institutida xalqaro baholash tadqiqotlarini samarali tashkil etishga bagʻishlangan treninglarda ishtirok etib kelganligi, Rossiyalik ekspertlar ishtirokida  kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan seminarlarda 4000 dan ortiq xalq taʼlimi tizimida faoliyat yurituvchi pedagog-oʻqituvchilarning tajriba orttirishga muvofaq boʻlganligi, Avstraliyaning ACER(Australian Council for Educational Research) xalqaro tashkiloti bilan taʼlim tizimida tadqiqotlar olib borish borasida hamkorlik memorandumining imzolanishi, Core E guruhi yetakchi mutaxassisi ishtirokida xududiy seminarlarning oʻtkazilganligi shular jumlasidandir.

    Kun tartibidagi 2-masala boʻyicha janob Yanssenning bergan maʼlumotlariga koʻra, “Erta bolalikni rivojlantirishni targʻib qilish” loyihasi boshlanish arafasida ekanligi, mazkur loyihaning 4 - komponenti yaʼni “Taʼlim sifatini baholash tizimini shakllantirish” qismi Taʼlim inspeksiyasi faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, u oʻz ichiga “Taʼlim sifatini baholash milliy markazi faoliyatini takomillashtirish”, “Oʻquvchilar bilimini baholashni rivojlantirish va takomillashtirish”, “Uzluksiz taʼlim tizimida baholash jarayonlarini takomillashtirish va rivojlantirish”, “Taʼlim sifatini baholashda salohiyatni oshirish” hamda “Xalqaro baholash tizimlarida ishtirok etishga koʻmaklashish” kabi qism komponentlardan iborat. Koʻrinib turibdiki, mazkur yangi loyihaning amalga oshirilishi taʼlim sifatini yanada takomillashtirishga, kadrlar salohiyatini oshirishga va xalqaro baholash tadqiqotlarida ham Oʻzbekistonning muvaffaqiyatli ishtiroki uchun asosiy moddiy manba boʻlib hisoblanadi.

    Uchrashuv soʻngida Jahon banki vakillari taʼlim tizimiga oid xalqaro loyihalarda Taʼlim inspeksiyasining ishtiroki loyihalardan kutilayotgan natijalarning samarasini taʼminlashda sezilarli darajada taʼsir qilayotganligi, shuningdek kelgusida Oʻzbekistonda taʼlim tizimiga doir amalga oshirilayotgan barcha xalqaro loyihalarda nazoratchi sifatida Davlat ta’lim inspeksiyasining ishtiroki maqsadga muvofiq ekanligini taʼkidlashdi.

    O`xshash yangiliklar
...
29.11.2018 1100
Kelajagimiz davomchilari, farzandlarimiz kamoli, ularning baxtu-kamolini ko‘rish har bir ota-onaning eng ulug‘ orzusidir. Bolajon o‘zbek xalqi hamisha shunday ezgu niyat bilan yashaydi, shunga intiladi va buning uchun bor imkoni bilan harakat qiladi. Mamlakatimizda yoshlarning mukammal bilim egasi bo‘lish, ularga zamonaviy bilimlar berish, intellektual salohiyatini rivoj...

...
26.08.2019 309
2019 yil 21 avgustda  Vazirlar Mahkamasining “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI