O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • ISH BERUVCHILAR SO'ROVNOMASI! KADRLAR SIFATINI FAQAT ISH BERUVCHILAR XOLIS VA TO‘G‘RI BAHOLASHI MUMKIN
    ...

    Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ish beruvchilarning roli muhimdir. 2018 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ish beruvchilar bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida integratsion aloqalarni baholovchi indikatorlarni joriy qilish topshirig‘i berilgan edi. 
    Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan milliy oliy ta’lim muassasalarimiz bitiruvchilarining sifatiga va OTMlarning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqasiga baho berish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilmoqda. 
    Sizning bergan javoblaringiz Ta’lim inspeksiyasi tomonidan qat’iy sir saqlanadi va uning natijalari faqat umumlashtirilgan holda ishlatiladi. Bizga, muhimi, OTMlarning kadrlar tayyorlash sifati haqida Sizning xolis fikringiz kerak. Shu sababli so‘rovnoma savollariga to‘g‘ri va xolisona javob berishingizni iltimos qilamiz.
    So‘nggi besh yil ichida kadrlar masalasida Sizning idora(tashkilot)ngiz bilan faol aloqada bo‘lib kelayotgan bir nechta OTMlarni tanlab, bitiruvchilarining sifatiga va OTMning ish beruvchilar bilan hamkorligiga baho bering. 
    Hamkorlik uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz!
    So‘rovnomaga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin: https://forms.gle/PUeF28rnpKgqvvis7

    O`xshash yangiliklar
...
17.06.2019 880
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2019 yil 16 maydagi 37 x/s-sonli buyrug‘i asosida Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari “Xorijiy til” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanlaridan, yuqori bosqich talabalari mutaxassislik fanlari...

...
09.11.2018 4250
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim muassasalari magistrlarini o'qitish va tayyorlash sifatini baholashga oid test sinovlari hamda ijtimoiy so'rovlar 2018 yil 3-13 dekabr kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlarida 4628 nafar magistratura bitiruvchi talabalari  qatnashadilar....
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI