O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ–3276-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018 yil 27 martdagi 241-son qarori ijrosini ta’minlash, mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka tushuntirish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan respublikamizning xar bir viloyatida seminar, uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.



    Joriy yilning 10 aprel kuni shunday yig‘ilish Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N.Tashkenbayev, Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash va Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i S.O.Obidov xamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy bo‘limlari xodimlari, maktabgacha, xalq ta’limi boshqarma, bo‘limlari va kasb-hunar ta’limi markazlari boshliqlari va malakali mutaxassislari, bank xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etdilar.



    Ushbu yig‘ilishda tadbirkorlarga nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirish, yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar keng ko‘lamda muhokama qilindi.



    Shuningdek, 11 aprel kuni davra suxbati Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida ham tashkil etildi.

    12-14 aprel kunlari davra suxbatlari respublikamizning Jizzax, Sirdaryo va boshqa viloyatlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

    O`xshash yangiliklar
...
12.03.2018 2309
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim va Sog‘liqni saqlash vazirliklari mas’ul xodimlaridan iborat guruh maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish yuzasidan navbatdagi o‘rganishlarni tashkil etdi....

...
22.05.2018 3073
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi joriy yilning 14-18 may kunlari Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish jarayonini nazorat qilish, o‘quvchilar bilimining Davlat ta’lim standartlariga mosligini tahlil qilish, oldingi o`rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni barta...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI