O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • O‘zbekiston delegatsiyasi Italiyada tashkil etilgan PIRLS dasturi seminarida ishtirok etmoqda
    ...

    O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash PIRLS dasturi doirasida 2019 yil 2-7 iyun kunlari Italiyatining Rim shahrida tashkil etilayotgan seminarda Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi vakillari ishtirok etmoqda.

    Seminarda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasining Amsterdam hamda Gamburg shahridagi idoralari, tadqiqotda qatnashishni rejalashtirigan dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlari vakillari ishtirok etayotgan bo‘lib, olti kun davom etadigan tadbir mazmuni jihatidan mantiqan ikki asosiy yo‘nalishlar, ya’ni mazmun va tashkiliy yo‘nalishlardan iborat. Seminarning mazmunga oid yo‘nalishi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholashga qaratilgan nazorat-sinov materiallari, matn va topshiriqlar, o‘quvchilar, umumta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchi va ota-onalar uchun tayyorlangan so‘rovnomalar loyihalari ko‘rib chiqilishini o‘z ichiga oladi.

     Tashkiliy jihatidan sinovlarda qatnashadigan umumta’lim muassasalari va o‘quvchilarni tanlab olish mezonlari, so‘rovnomalarni o‘tkazish tartibi, tajriba-sinovlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, matnlarni tegishli tillarga tarjima qilish va xalqaro talablarga mosligini ta’minlash, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish masalalarini qamrab olgan.

    Seminarda 60 dan ortiq davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan 150 dan ortiq  vakillar ishtirok etmoqda.

    O`xshash yangiliklar
...
28.11.2018 1251
 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 21 dekabrda 2849-raqami bilan roʻyxatda...

...
09.02.2018 2653
Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to’g’risida Nizomning yangi tahriri ishlab chiqildi. Ushbu masala keng jamoatchilik uchun muhim ekanligini inobatga olib, takliflarni ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI