O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Oʻzbekiston Inson kapitali loyihasining yetakchi ishtirokchilaridan biriga aylanmoqda
    ...

    Ayni paytda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vashington shtatida Jahon Banki Inson kapitali loyihasining xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu forumda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.Tashkenbayev, Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligidan mutasaddi rahbarlar ishtirok etishmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Jahon banki prezidenti janob Jim Yong Kimning yurtimiz rahbari Sh. Mirziyoyevga Oʻzbekistonning Inson Kapitali Loyihasida tashabbuskor davlatlardan biri sifatida ishtirok etishini taklif etgan edi. Ushbu taklif Prezidentimiz tomonidan iliq qarshi olingan edi. Shundan soʻng, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Jahon bankining Taʼlim hamda Inson Kapitali Loyihasi (IKL) jamoasi bilan videokonferensiya tashkil etilgan edi. Ushbu videokonferensiya davomida Inson Kapitali Loyihasiga Oʻzbekistondan masʼul shaxslar etib Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari U.Tashkentboyev hamda Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatovlar tayinlangan edi.

    AQSHda tashkil etilayotgan ushbu forumda dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarning hukumat koordinatorlari ishtirok etishmoqda. Forum davomida ishtirokchilarga IKL ning asosiy maqsadi, unga aʼzo davlatlarning ijtimoiy himoyasi, sogʻlom turmush tarzi, bilim koʻrsatkichlari kabi eng zaruriy faktorlarni yaxshilash borasida islohotlarni amalga oshirish, mamlakatning koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda kelgusidagi strategiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalardan tashkil topganligi borasidagi maʼlumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, davlatlarning asosiy imkoniyatlarini koʻrib chiqish, davlatdagi mavjud holatlarni oʻrganish va tanqidiy kompitentlarni tahlil qilish, shuningdek, inson kapitalini yaxshilash uchun ushbu jarayon bilan bogʻliq boʻlgan imkoniyatlar yaratish, bu borada bir necha mamlakatlarga murojaat qilish, muvaffaqiyatning eng muhim tarkibiy qismlarini aniqlash, tajribaga ega boʻlgan mamlakatlarning tajribalarini oʻrganish kabi masalalarda maʼruzalar qilinmoqda. Oʻzbekistondan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari tomonidan mamlakatimizda inson kapitali indeksini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha taqdimot qilinmoqda.

    Maʼlumot uchun,2018 yil 10 oktyabrda Indoneziyaning Bali shahrida IKL ishtirokchi davlatlarining Sammitida Oʻzbekiston birinchi marta ishtirok etgan edi. Unda ishtirok uchun muhim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejani shakllantirishda Oʻzbekistonning rivojlanish strategiyasidan foydalanish, YUNЕSKO oʻtkazgan soʻrovlar natijalarini inobatga olingan.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
26.11.2018 572
Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamkorligida “TUIT OPEN 2018”dasturlash boʻyicha musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqa ishtirokchi jamoalari ...

...
14.12.2018 660
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2018 yil 24 oktyabr kuni oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomilla...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI