O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Reyting mezoni shaffof bo‘lishi kerak
    ...

    Oliy ta’lim muassasalari reytingi ma’lum bir sohadagi eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari, ularning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ta’lim berish faoliyatining sifatini baholovchi mezondir. Dunyoning xalqaro reyting agentliklarining tajribasi shuni ko‘rsatadiki, universitetlarni baholashda asosan, 4 tadan 13 tagacha indikatorlardan foydalanilgan. Shu bilan birga, dunyodagi mahalliy reyting tizimlariga nazar solsak, unda asosan 9 tadan 42 tagacha indikatorlar ishlatiladi.

    Shu o‘rinda dunyo mamlakatlarining milliy reyting ko‘rsatkichlariga to‘xtalib o‘tsak, Buyuk Britaniyada 42 ta, AQShda 39 ta, Makedoniyada 35 ta, Malayziyada 32 ta, Xitoyda 22 ta, Polshada 19 ta, Qozog‘istonda va Turkiyada 18 ta, Braziliyada va Litvada 12 ta, Chili va Pokistonda 9 ta ko‘rsatkich bo‘yicha OTMlar reytingi aniqlanadi. Shu bilan birga, milliy reyting tizimidan tashqari xalqaro reyting agentliklari mavjud bo‘lib, ularning baholash ko‘rsatkichlari quyidagicha: TNE (Times Higher Education) 13 ta, ARWU (Academic Ranking of World Universities)  10 ta, LEIDENS va SCImago 7 ta, QS (Quacquarelli Symonds) va URAP 6 ta, HEEACT 5 ta, WEBOMETRICS 4 ta ko‘rsatkichdan iborat.Milliy reyting agentliklari baholash jarayonida 46% o‘quv jarayoniga, 26% ilmiy faoliyatga va 28% boshqa yo‘nalishlarga e’tibor qaratishadi. Xalqaro agenliklar reyting tizimi esa 72% ilmiy faoliyatga, 16% o‘quv jarayoniga va 12% boshqa yo‘nalishlarga e’tibor qaratadi. Ko‘rinib turibdiki, xalqaro reyting agentliklarining asosiy e’tibori ilmiy faoliyatga yo‘naltirilgan.

    O‘zbekistonda ham milliy oliy ta’lim muassasalari reytingini shakllantirishda dunyoning ilg‘or reyting tizimlari chuqur tahlil qilib chiqildi va reytingni belgilovchi indikatorlardan O‘zbekiston ta’lim tizimiga mos keladiganlari tanlab olindi. Xususan, THE (Times Higher Education), QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o‘rgangan holda 23 ta eng muhim va o‘zimizga mos indikatorlar shakllantirildi. 2018 yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 57 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyati tahlil qilinib, natijalari e’lon qilingan edi.

    Yaqinda turli internet saytlari orqali UniRank agentligi tomonidan O‘zbekistonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari e’lon qilindi deb xabar tarqatildi. Lekin ushbu reyting agentligining metodologiyasi qanday?, u  qaysi ko‘rsatkichlar asosida baholagan?, mezonlar reyting mazmunini ko‘rsata oladimi? degan savollar ochiq qolmoqda. Faqatgina OTMning veb sayti va unga necha nafar odam kirganligi bilan aniqlangan reyting natijalari bu ta’limning sifatini to‘g‘ri baholay olmaydi, shubhasiz. Yana bir jihat, reyting natijalarini e’lon qilgan har qanday agentlik yoki tashkilot ham jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan bo‘lavermaydi.

    Shunday ekan, reyting natijalarini e’lon qilayotgan vaqtda reytingni amalga oshirgan va baho bergan xalqaro agentliklarning bu sohaga qanchalik chuqur yondashgani va qaysi mezonlar asosida aniqlaganiga ham e’tibor qaratish ayni muddao. Zero, OTMlar reytingini to‘g‘ri, aniq va shaffof baholanishi respublikamizda faoliyat yurtitayotgan ta’lim muassasalarini xalqaro andozalarga mos ravishda yuksaltirish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda sog‘lom raqobat yaratuvchi zamin bo‘ladi.

    Ma’lumot uchun, UniRank agentligining maqsadi jahon universitetlari va kollejlarining jahon miqyosida onlayn taniqliligi va aloqalarning onlayn mavjudligiga asoslangan. Shuningdek, chet ellik talabalar va o‘qituvchilarga maxsus oliy ta’lim muassasasining boshqa davlatda qanchalik mashhurligini tushunishlariga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tashkilot reytingida oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifati, akademik xizmatlari, o‘quv va ilmiy faoliyatlari asosiy mezon sifatida qabul qilinmagan.

    Oliy ta’lim muassasasi faoliyatini har tomonlama shaffof ko‘rsatib beradigan, u yerda tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga to‘g‘ri baho beradigan mezonlargina haqiqiy reytingni belgilashi mumkin.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

    O`xshash yangiliklar
...
30.04.2019 2175
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ish beruvchilarning roli muhimdir. 2018 yil 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ish beruvchilar bi...

...
16.05.2018 2953
Joriy yilning 15 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi taklifiga binoan Fransiyaning ta’lim inspeksiyasi mutaxassisi janob Jorj Alzina hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Sofi Jindt xonim bilan “Fran...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI