O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim inspeksiyasi hamda UNICEF hamkorligida pedagog-kadrlar kompetentligini oshirish boʻyicha seminar oʻtkazilmoqda.
    ...

    “Agar biz bugungi kun oʻquvchilarini kecha biz oʻqigandek oʻqitsak,

     u holda biz ulardan kelajagini tortib olgan boʻlamiz”

    John Dewey

    Avval xabar berganimizdek Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda UNICEF xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida taʼlim sifatini oshirishning turli yoʻnalishlarida koʻplab samarali ishlar olib borilmoqda. Barchaga sifatli taʼlim, pedagogik kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar shular jumlasidandir. Boshlangan samarali hamkorlikning uzviy davomi sifatida joriy yilning 30 aprel - 2 may kunlari Xalq taʼlimi tizimi xodimlari, malaka oshirish muassasalari xodimlari hamda maktabgacha taʼlim vazirligi mutaxassislari uchun xalqaro ekspert Marjana Rafalska tomonidan seminar-treninglar olib borilmoqda.

    Seminarda UNICEFning doimiy konsultanti tomonidan zamonaviy oʻqituvchilarga qoʻyiladigan malaka talablariga oid taqdimotlar qilindi. Unda oʻqituvchi qanday boʻlishi kerak? Zamonaviy oʻqituvchi uchun nimalar zarur? Shuningdek yetuk mutaxassis-kadrlar yetishtirib chiqarish uchun nima ishlarni bajarish kerak? kabi savollar oʻrtaga tashlandi. Taqdimotda pedagoglarni malaka oshirish va zamonaviy pedagogik kadrlarni yetishtirib chiqarishda hozirgi kunda asos sifatida foydalanib kelinayotgan 4 ta nazariya bixeviorizm, kognetivizm, konstruktivizm va konnektivizm haqida umumiy maʼlumotlar berildi va ularni taʼlimdagi oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek mazkur 3 kunlik seminarda asosan oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari qanday boʻlishi kerak, xalq taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari qanday boʻlishi kerak kabi mavzularda bahs-munozaralar olib borildi.

    Xususan seminar davomida qatnashchilar bir necha kichik guruhlarga boʻlingan holda hozirgi zamonaviy oʻqituvchilarning malakalariga oid mavzularda amaliy mashgʻulotlarda ham ishtirok etmoqdalar. Undagi muammoli vaziyatlarga birgalikda javob izlash jarayonlari ayniqsa qiziqarli tashkil etilib barcha ishtirokchilar oʻz fikrlarini ogʻzaki va yozma tarzda bayon qildilar.

    O`xshash yangiliklar
...
25.04.2019 347
Ayni damda Toshkent shahrida Jahon bankining READ dasturi moliyaviy koʻmagida xalqaro ekspertlar ishtirokida taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrishga bagʻishlangan bir necha bosqichli seminar va treninglar boʻlib oʻtmoqda. Unda Respublikamizning barcha viloyatlari hamda Toshkent shahridan xalq taʼlimi boshqaruv organlari rahbarlari, xalqaro t...

...
17.04.2018 2233
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2018 yil 27 martdagi 241-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Andijon viloyatida tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, tan...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI