O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim inspeksiyasi vakili Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi OTMlari rektorlarining konferensiyasida ishtirok etdi
    ...

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ikki tomonlama strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3997-sonli qarorining ijrosi boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

    2018 yil 18 oktyabrda Toshkentda oʻtkazilgan birinchi Oʻzbek-Rossiya taʼlim Forumi doirasida 2019 yil aprel oyida Astraxanda Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining hududlararo konferensiyasi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan edi. Ushbu konferensiyani oʻtkazishdan maqsad yoʻl xaritasida koʻzda tutilgan topshiriqlar ijrosini muhokama qilish, oliy taʼlim muassasalari rektorlari oʻzaro imzolangan va imzolanayotgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish hamda muammolar boʻyicha yangi vazifalar belgilashdan iborat.

    Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari U.Sh.Begimkulov, mazkur vazirlik boʻlim boshligʻi A.Xodjayev, Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshligʻi A.Nasirov, 20 ta oliy taʼlim muassasalarining rektorlari hamda professor oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

    Rossiya Federatsiyasi tomonidan Rossiya Prezidenti Administratsiyasi chet mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar boʻyicha departament rahbarlari A.L.Rыbakov va A.V.Vlasovlar, Fan va oliy taʼlim vazirining oʻrinbosari M.A.Borovskaya, vazirlik xodimlari, Astraxan viloyati gubernatori va vakillari, Astraxan viloyati taʼlim va fan vaziri v.b.V.A.Gutman hamda 24 ta oliy taʼlim muassasalarining rektorlari va professor oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

    Konferensiya dasturining kun tartibiga koʻra ertalabdan ishtirokchilar Astraxan Davlat universitetida va Astraxan davlat texnika universitetida sessiyalarda maʼruzalar bilan boshlandi. 1-sessiya Astraxan Davlat texnika universitetida Rossiya va Oʻzbekiston OTMlarining hamkorligi - amaliy mexanizmlar mavzusida, 2-sessiyada esa Astraxan Davlat universitetida Rossiya va Oʻzbekiston oʻzaro ilmiy–taʼlimiy hamkorligining dolzarb yoʻnalishlari va vazifalari mavzusiga bagʻishlangan maʼruzalar boʻldi. Ushbu 2-sessiyada Oʻzbekiston milliy universiteti rektori A.R.Maraximov va Astraxan davlat universiteti rektori K.A.Markelovlar moderatorlik qildi. Mazkur sessiyada Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshqarma boshligʻi A.Nasirov “Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni tan olish boʻyicha hukumatlararo Bitim” loyihasining kelishish holati yuzasidan maʼruza qildi. Konferensiya ishtirokchilari mazkur Bitim imzolanishi ikki tomon uchun ham asosiy muammolarni hal etishga xizmat qilishi toʻgʻrisida fikrlarini bildirib qator savollar berildi. Ushbu sessiyada ikki tomondan 10 dan ortiq OTM rektorlarining maʼruzalari tinglandi.

    Hamkorlikning yangi bosqichlari: birinchi Rossiya –oʻzbek taʼlim forumida belgilangan vazifalar ijrosi yoʻlida deb nomlangan yalpi yigʻilishda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy taʼlim vazirining oʻrinbosari M.A.Borovskaya Rossiya taʼlim tizimining bugungi holati va 13 ta katta loyihalar toʻgʻrisida maʼruza qilgan boʻlsa, oʻz navbatida U.Sh.Begimqulov Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, yangidan faoliyatini boshlayotgan oliy taʼlim muassasalari va filiallari, kvotalarning oshishi va bu yilgi oʻzgarishlar toʻgʻrisida hamda Forum natijasida yoʻl xaritasida belgilangan topshiriqlar ijrosi toʻgʻrisida maʼruza qildi.

    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari A.L.Rыbakov yoʻl xaritasidagi har bir topshiriq ijrosi qatʼiy nazoratda ekanligini maʼlum qildi. Shuningdek, yalpi yigʻilishda Oʻzbekiston tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori B.Yu.Xodiyev, OʻzDJTU rektori Gʻ.X.Raximov, OʻzMU rektori A.R.Maraximov, texnika universiteti rektori S.M.Turobjonov, Tibbiyot akademiyasi rektori L.N.Toʻychiyevlar Rossiya tomonidan Astraxan DU rektori K.A.Markelov, Astraxan texnika universiteti rektori A.N.Nevalennыy, Astraxan tibbiyot universiteti rektori X.M.Gʻalimjanov, Moskva Davlat xalqaro munosabatlar universiteti prorektori A.V.Malginlar maʼruza qilishdi. Barcha chiqishlar asosan yoʻl xaritasida koʻzda tutilgan topshiriqlar hamda oʻtgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar va yuzaga kelgan muammolarga bagʻishlandi.

    Maʼruza va loyihalar doirasida fikr mulohazalar bildirildi, savol-javoblar olib borildi. Mmuhokama jarayoniga Moskvadan RosObrnadzor rahbar oʻrinbosari N.A.Naumova va litsenziya boshqarmasi boshligʻi O.N.Pinchuklar ishtirok etishdi. Jarayonda quyidagi masalalar koʻtarildi:

    - filiallar qaysi davlat meʼyoriy hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatishi, moliyaviy masalalarni hal etishi, akkreditatsiyadan oʻtishi, oʻqituvchilar faoliyati va toʻlovi kabi muammolar koʻtarildi. Filiallar Oʻzbekiston hududida asosiy OTMning qonunchiligi va ikki tomon oʻrtasidagi xalqaro shartnoma asosida faoliyat koʻrsatishlari belgilandi.

    - tomonlar Oʻzbekistonda Milliy tadqiqot universiteti, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti, D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Astraxan Davlat texnik universitetini va bir qator OTMning filiallarini ochish boʻyicha hukumat qarorlarini joriy yilning 22 apreliga qadar tayyorlashga kelishib olishdi.

    - Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshida rus tili boʻyicha markaz ochish masalasida A.S.Pushkin nomidagi Rossiya davlat rus tili instituti rahbariyati tomonidan, Rossiya Federatsiyasining MiSIS va MIFI oliy taʼlim muassasalarining Toshkentdagi filiallarini faoliyatini yoʻlga qoʻyishdagi duch kelinayotgan muammolar yuzasidan, Tibbiyot sohasida jismoniy tarbiya yoʻnalishida hamkorlik boʻyicha ayrim tashkiliy masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

    - Rossiya oʻquv dasturlari asosida faoliyatini olib boradigan OTM 2019 yilda qabul abituriyentlar qabul qilishi va keyinchalik boshqa OTMga koʻchirish masalasi ham muhokamada aytildi.

    - Astraxan davlat texnika universitetining filialini ayniqsa qishloq xoʻjaligi sohasida baliqchilik yoʻnalishida Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorligi muhokama qilinib, 2019-2020 oʻquv yili uchun magistraturaga kvota berish masalasi koʻtarildi.

    - Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bosh boshqarma boshligʻi A.Nasirov tomonidan “Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni tan olish boʻyicha hukumatlararo Bitim” loyihasining kelishish jarayoni Rossiya tomonidan sekin borayotganligini Rossiya Federatsiyasi Prezident Administratsiyasi, Taʼlim va fan vazirligi, RosObrnadzor vakillariga maʼlum qilib va Bitimni imzolatish masalasini tezlashtirish, agar may oyida imzolanmasa bu yilgi qabulda muammolar yuzaga kelishi haqida chiqish qildi. Masala qizgʻin muhokama qilindi, muddatlari boʻyicha ham Rossiya Federatsiyasi administratsiyasi tomonidan qatʼiy nazoratga olinishi maʼlum qilindi.

    Konferensiya oʻz ishini muvaffaqiyatli yakunladi hamda maʼruza va savol-javoblar yakuni boʻyicha yigʻilish bayoni rasmiylashtirildi.

    O`xshash yangiliklar
...
28.02.2018 2141
2018 yil 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) vakolatxonasi rahbari janob Badarch Denevning taklifiga binoan ikki tomonlama o‘zaro samarali hamkorlikni yo&...

...
19.02.2019 1821
  Ma’lumki, hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 000 ga yaqin o‘zbek o‘quvchi-yoshlar ta’lim olmoqdalar va har yili ular soni o‘rtacha 7500 ga oshib bormoqda. Bundan ikki oy muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Rossiya Federa...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI