O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim inspeksiyasiga Avstraliyadan xalqaro ekspert jalb qilindi.
    ...

    Maʼlumki, Taʼlim inspeksiyasi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) oʻrtasida “Oʻquvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi(PISA 2021)da ishtirok etish” toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan. Unga muvofiq, PISA 2021 xalqaro dasturida ishtirok etish bilan birga, dasturga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish imkoniyatlarini tahlil qilish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish rejasi, shuningdek, taʼlim sifatini nazorat qilish milliy tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda IHTT tomonidan texnik va metodik yordam koʻrsatish belgilangan boʻlib, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun Taʼlim sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha Avstraliya kengashi (ACER) bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

    Ushbu samarali hamkorlikning ilk qadamlari sifatida joriy yilning 20 may kuni taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ACER tashkilotining yetakchi ilmiy eksperti Ursula Shvanter (Ursula Schwanter) xonim tashrif buyurdi.

    Mazkur tashrifning asosiy maqsadlaridan biri Oʻzbekiston taʼlim tizimi, uning boshqaruv tuzilmalari haqida maʼlumotlar bilan tanishgan xolda PISA 2021 tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish yuzasidan imkoniyatlarni tahlil qilish hamda rivojlantirish rejasini ishlab chiqish maqsadida Davlat inspeksiyasi rahbariyati hamda Inspeksiya huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari bilan suhbatlar olib borish, qolaversa Avstraliya taʼlim tizimi yutuqlari bilan tanishtirishdan iboratdir.

    Shuningdek 25 mayga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu tashrif davomida Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika taʼlim markazi, Avloniy nomidagi rahbar va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti vakillari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Shu oʻrinda yana bir narsani alohida taʼkidlash kerakki, Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida Davlat inspeksiyasi rahbariyati hamda Inspeksiya huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida xalqaro baholash tadqiqotlari boʻyicha xududiy seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.  Bu  turdagi seminarlarning navbatdagisi Ursula Shvanter xonim ishtirokida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

    Ursula Shvanter- ACER tashkilotining Taʼlim siyosati va amaliyotlari boʻlimi yetakchi mutaxassisi, Pedagogika fanlari doktori, IHTT, UNESCO, NEQMAP kabi xalqaro nufuzli tashkilotlarning Afrika, Osiyo hamda Shimoliy Amerika boʻyicha ilmiy tadqiqotlari ishtirokchisi, taʼlim taqdqiqotlari tizimida 16 yillik ish tajribasiga ega.

    O`xshash yangiliklar
...
23.01.2018 2416
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Тa`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o`z faoliyatini boshlaganiga 2 oy bol`di.  Shu kunga qadar nodavlat ta`lim muassasalariga rasmiylashtirib berilgan litsenziyalar soni 74 tani, nostrifikatsiya qilingan diplomlarning soni esa 104 tani tashkil etmoqda. ...

...
17.04.2018 2539
2018 yil 13 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276 son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yan...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI