O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish bo’yicha Rossiya Federatsiyasi bilan bitim imzolandi
    ...

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini boshlagan dastlabki kunlardanoq xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) jarayonini yanada soddalashtirish, shaffofligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar olib bordi. Xususan, Rossiya Federatsiyasining taʼlim hujjatlarini oʻzaro tan olish masalasida tajribasi oʻrganildi.

    2018 yil oktyabr oyida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Rossiya taʼlim forumi doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida Bitim loyihasi”ni tayyorlash boʻyicha muzokaralar olib borildi. Hukumatlararo Bitim loyihasi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro tajribalarga asoslangan holda ishlab chiqildi,4 nafar mutaxassislardan iborat ishchi guruh 2018-yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasiga borib u yerdagi Fan va taʼlim sohasini nazorat qilish federal xizmati, Rossiya fan va oliy taʼlim vazirligi hamda Taʼlimni baholash davlat bosh ekspert markazi mutaxassislari bilan Bitim loyihasini muhokama qilib qaytishdi.

    Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida Bitim loyihasi har ikkala tomonda vakolatli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda diplomatik kanallar orqali Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat organlariga kiritildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida Bitim 2019 yil 30 may kuni Urganch shahrida imzolandi.

    Bitimni imzolash Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati nomidan Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Grigoriy Trubnikovlar tomonidan amalga oshirildi.

    Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va har ikkala Davlatda berilgan taʼlim, malaka va ilmiy darajalar oʻzaro tan olinadi. Bitimning imzolanishi va kuchga kirishi natijasida ikkala davlat fuqarolari uchun bir qator qulayliklarni keltirib chiqaradi. Eng avvalo, Oʻzbekiston Respublikasida berilgan taʼlim hujjatlarining Rossiya Federatsiyasida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishiga olib keladi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi taʼlim muassasalarida taʼlim olishlariga va mehnat bozorida faoliyat yuritishiga keng imkoniyatlar ochadi.

    Mazkur Bitim Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq Tomonlar davlatlarida taʼlimni davom ettirish va mutaxassislik faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida olingan taʼlim, malaka va ilmiy darajalarni oʻzaro tan olishni tartibga soladi.

    Ushbu Bitim orqali Rossiya Federatsiyasida olingan, oʻqish muddati toʻrt yildan kam boʻlmagan bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy taʼlim va Oʻzbekiston Respublikasida olingan, oʻqish muddati toʻrt yildan kam boʻlmagan bakalavr diplomi bilan tasdiqlangan oliy taʼlim mos ravishda tan olinadi. Oliy taʼlimda kunduzgi taʼlim shaklida oʻqib olinadigan hujjatlar oʻzaro tan olinishi belgilanmoqda. Yaʼni, taʼlim sifatini kafolatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasidagi taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shaklida oʻqib olingan hujjatlar tomonlarning qonunchiligida belgilangan tartibda tan olinishi va nostrifikatsiyadan oʻtkazilishi amaliyoti saqlab qolinmoqda.

    Soʻnggi yillardagi statistik maʼlumotlarni tahlil qiladigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasining 28 000 ming nafar fuqarolari Rossiya Federatsiyasining taʼlim muassasalarida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda. Shu vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish, taʼlimning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish yoki kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun shahodatnoma, attestat, diplom kabi taʼlim hujjatlarini nostrifikatsiyadan oʻtkazishlari talab etilar edi. Rossiya Federatsiyasidagi taʼlim hujjatlarini tan olish bilan shugʻullanuvchi Glavekspertsentr tashkiloti fuqarolar tomonidan boʻladigan murojaatlarni 45 kun davomida koʻrib chiqishi, talabgorlarning Moskvaga borib kelish, bir yarim oy ariza javobini kutishi va toʻlovlar uchun qancha sarf xarajatlar kabi ovoragarchiliklar kuzatilar edi.

    Mazkur Bitim kelgusida har ikkala davlatda fan va taʼlimning yanada rivojlanishiga, taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarining kuchayishiga, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos boʻlishiga va taʼlim hujjatlarining tan olinishi jarayonlarini soddalashtirishga asos boʻlib xizmat qiladi, fuqarolarimizning xorijiy, jumladan Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

    PDF shaklida yuklab olish uchun quyidagi havolani bosing: PDF o'zbekcha   PDF ruscha  

    O`xshash yangiliklar
...
07.02.2019 869
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining Namangan viloyat hududiy boʻlimi, viloyat xalq taʼlim boshqarmasi bilan hamkorlikda Namangan shahridagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida joriy yilning 6 fevralь kuni “Umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlashni samarali tashkil etish hamda PISA xalqaro tadqiq...

...
20.02.2018 2403
2018 yil 20 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati hamda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari Jon Braun va Saida Choriyeva (elchixonaning jamoatchilik ishlari xodimi) o‘rtasida AQSH dagi ta’lim sifati bo‘yicha mas’ul organlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI