O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim muassasalarini baholashdagi yangi mezonlar xorijiy ekspert ishtirokida muhokama qilindi
    ...

    Joriy yilning fevral oyida Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha xalqaro ekspert Bastian Bauman Oliy taʼlim tizimida taʼlim sifatini oshirish va uning xalqaro raqobatdoshligini taʼminlash masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

    Oʻtgan davr mobaynida tajribali ekspert boshchiligida qator yoʻnalishlarda ishlar amalga oshirildi. Xususan, taʼlim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha hukumat qarorlarini ishlab chiqish jarayonida janob Bastian Bauman oʻz tavsiyalarini berib bordi.

    Amaliy ishlarning davomi sifatida Taʼlim inspeksiyasida xalqaro ekspert Bastian Bauman bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari”ning atroflicha muhokama qilindi.

    Mazkur mezonlar Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, maktabdan tashqari, oliy, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat taʼlim muassasalarini hamda nodavlat taʼlim attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini belgilaydi.

    Uchrashuv davomida janob Bastian Bauman yangi baholash mezonlari muassasalardagi taʼlim sifatini oshirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidlab, mezonlardagi koʻrsatkichlarni takomillashtirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

    Maʼlumot uchun, xalqaro darajadagi huquqshunos Bastian Bauman oliy taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha Yevropa sifat kafolati agentligi boshqaruvchi direktori shu bilan bir qatorda quyidagi nufuzli xalqaro tashkilotlarda ekspert lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda: DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati), ADEC (Abu-Dabi milliy sifatni kafolati agentligi), EQE (Gruziya milliy sifat kafolati agentligi), QQA (Bahrayn milliy sifat kafolati agentligi), SKVC (Litva milliy sifat kafolati agentligi) va boshqalar. Shuningdek u Belorus, Misr, Ozarbayjon, Qozogʻiston kabi davlatlarda oliy taʼlim tizimida reformalar qilinishida katta hissa qoʻshgan, bu borada 17 yillik ish tajribasiga ega.

    Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    O`xshash yangiliklar
...
05.09.2018 1563
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining topshirigʻiga asosan, Xalq taʼlimi muassasalarini yangi 2018-2019 oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha “Harakat dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlarida shtablar tashkil etilib, Harakat dasturining ijrosini nazorat qilish mexanizmi ishlab chiqildi. ...

...
20.02.2019 1080
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Jizzax viloyati hududiy bo‘limi tomonidan “Ta’lim jarayonlariga zamonaviy yondashuv: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reyting indikatorlari” mavzusida 2019 yil 19 fevral kuni Do‘stlik tumanida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Do‘stlik, Arna...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI