O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida Germaniya xalqaro hamkorliklar jamiyati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
    ...

         Joriy yilning 3 iyul kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbariyati Germaniyaning xalqaro hamkorliklar jamiyati (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit-GIZ) vakillari yaʼni GIZning baholash missiyasi boshligʻi janob Rolf Peter hamda “Markaziy Osiyoda kasb hunar taʼlimi - oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi tizimli yondashuvlar” loyihasining milliy koordinatori Jahongir Joʻrayevlardan iborat delegatsiyani qabul qildi. Unda Davlat inspeksiya vakillaridan bosh boshqarma boshliqlari A. Radjiyev, A. Nosirov, kasb-hunar taʼlimi boʻlimi boshligʻi G. Jabborova va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi M. Xojimurodovalar ishtirok etishdi. Mazkur rasmiy uchrashuvning asosiy maqsadi Germaniya vakillari tomonidan taklif qilinayotgan Oʻzbekistonda oʻsib borayotgan mehnat bozori talablari va kasb-hunar taʼlimining uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish boʻyicha takliflar muhokamasidir. Uchrashuvning kirish qismida har ikkala tomonlar oʻzlarining vazifalari, faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida umumiy maʼlumotlar berib oʻtishdi.

    Shundan soʻng mehmonlar tomonidan “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini takomillashtirish va zamonaviylashtirish jarayonini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi haqida asosiy maʼlumotlarni taqdim qilishdi. Jumladan ushbu loyiha mablagʻi 5 million yevroni tashkil qilishi, uning asosiy maqsadi taʼlim tizimi, davlat va uning iqtisodiyoti oʻrtasida uzviy tuzilmani hosil qilish yaʼni malaka talablari va zamonaviy kasbiy tayyorgarlik standartlarini ishlab chiqish va qonuniy jihatdan mustahkamlanishini taʼminlashdir. Shuningdek mazkur loyiha doirasida iqtisodiyotning turli sektorlari bilan hamkorlikda namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish koʻzda tutilgan. Qolaversa ushbu loyiha maqsadlaridan biri sifatida xalqaro standartlar va hududiy darajalarni inobatga olgan xolda milliy tizimga qoʻshma kasb taʼlimi va malaka oshirish jarayonlarini ham kiritishni koʻzda tutiladi.

    Mazkur uchrashuv asosan savol-javoblar tarzida oʻtdi. Mehmonlarning Davlat inspeksiyasi faoliyatiga doir savollariga batafsil tushuntirishlar berildi. Ayniqsa Davlat inspeksiya tomonidan OTMlarning milliy reytingini aniqlashdagi asosiy mezonlardan biri ish beruvchilar oʻrtasida soʻrovnomalarning oʻtkazilishi mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Bu kabi jarayonlarni kasb-hunar kolleji bitiruvchilari sifatini baholashda ham qoʻllash yuqori samaralar berishini taʼkidlashdi. Yigʻilish soʻngida GIZ vakillari tomonidan Oʻzbekistondagi vazirlik va idoralar faoliyati bilan tanishuv natijalari Germaniya hukumati tomonidan koʻrib chiqilishi navbatdagi uchrashuvlar va kelgusidagi amaliy hamkorliklarga asos boʻlishi kutilayotganligi maʼlum qilindi.

    O`xshash yangiliklar
...
02.11.2018 1576
Maʼlumki joriy yilning 24 oktyabr kuni davlatimiz rahbarining taʼlim tizimi vakillari bilan oʻtkazgan yigʻilishida oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, mahalliy taʼlim muassasalarining eksport salohiyati va xalqaro darajada jozibadorligini oshirish, milliy reyting tizimini yanada takomillasht...

...
16.02.2019 683
Joriy yilning 15 fevral kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati Osiyo taraqqiyot banki(OTB)ning Markaziy va Gʻarbiy Osiyo boʻyicha yetakchi mutaxassisi Shin Long (Xin Long) xonim boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvning kirish qismida Inspeksiya rahbari tomonidan OTB vakillariga inspeksiya ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI