O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • Taʼlim sifatining xalqaro nufuzini oshirishda Yaponiya bilan yaqindan hamkorlik qilinadi
    ...

    Joriy yilning 30 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati Yaponiyaning taʼlim tizimi vakillari professorlar Shibata Yoshiaki, Kavano Asuka,Sakamoto Masanobu, Nakashima Yoshiko, loyiha koordinatori Imamura Eyiti hamda Nagoya universitetining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori- Eldor Elmurodovlardan iborat delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuvning kirish qismida inspeksiya rahbari professor Ulugʻbek Tashkenbaev mehmonlarni tashrifi bilan qutladi va taʼlim inspeksiyasi faoliyati, jamoa tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtdi. Yaponiya vakillari taʼlim inspeksiyasi faoliyati juda keng qamrovli ekanligini va qisqa muddatlar ichida qoʻlga kiritilgan yutuqlar boʻyicha ijobiy fikrlarni bildirish bilan bir qatorda hozirda Oʻzbekistonda taʼlim sifatini oshirishga xalal berayotgan eng asosiy salbiy faktorlar haqida ham yetarlicha maʼlumotlar olishga muvaffaq boʻlishdi.

    Shundan soʻng Yaponiya delegatsiyasi vakillarining yapon taʼlim tizimi boʻyicha asosiy maʼlumotlari tinglandi. Unga koʻra Yaponiyada barcha taʼlim bosqichlari yagona vazirlik tasarrufida boʻlib, tekshiruv hamda taʼlim sifati nazorati bilan bogʻliq barcha jarayonlar esa alohida neytral jamoa –kengash orqali amalga oshiriladi.

    Kunchiqar davlatning taʼlim tizimidagi islohotlarni asosan 2 xil shaklda amalga oshirilishi maʼlum boʻldi. Jumladan siyosiy va madaniy yondashuvlar orqali mamlakatning taʼlim jarayonlari tartibga solinadi.

    Xususan, Yaponiya taʼlim tizimining eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri mamlakatda har 10 yilda yangi taʼlim standartlari joriy qilinadi. Mazkur belgilangan muddat bir necha bosqichlardan iborat boʻlib, ushbu davr mobaynida oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi, uning kamchiliklar oʻrganiladi, takomillashtiriladi va soʻngra har bir hududning holatidan kelib chiqqan holda respublikaning turli taʼlim muassasalari uchun turlicha taʼlim standartlari boʻyicha oʻqitilish jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonda taʼlim vazirligining mutasaddilari, hududiy vakillar, standart tuzuvchi ekspertlar hamda oʻqituvchilar bevosita ishtirok etib, joylardagi taʼlim tizimidagi kamchiliklarni oʻz oʻrnida bartaraf qilish choralarini ham qoʻllashga harakat qilinadi.

    Yaponiya taʼlim tizimining yana bir eʼtiborli jihatlaridan biri yapon maktablari uchun hukumat tomonidan namunaviy maktab sifatida tanlangan taʼlim muassasalarida yangi taʼlim modeli joriy qilinadi. Oʻz navbatida qolgan boshqa taʼlim muassasalari mazkur maktabdan andoza olib oʻzining ichki imkoniyatlarini ishga solib, namunaviy maktablardan qolishmay faoliyat olib borishga intiladi.

    Uchrashuv soʻngida delegatsiya vakillari tomonidan Oʻzbekistonning taʼlim tizimidagi muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam berishga tayyorliklari maʼlum qilindi. Jumladan Taʼlim inspeksiyasi,Yaponiya taʼlim vazirligi, Nagoya universiteti hamda Oʻzbekistondan namuna sifatida tanlab olingan universitet misolida Oʻzbekiston taʼlim tizimining xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha amaliy choralardan iborat yoʻl xaritasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi.

    O`xshash yangiliklar
...
14.09.2018 2696
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5538 sonli farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida joriy yilning 14 sentabr kuni Xalq ta’limi vazi...

...
28.03.2019 930
Xabaringiz bor, Respublikamizning barcha hududlarida oʻquvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tajribalarni ommalashtirish boʻyicha seminarlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi seminar Namangan viloyatida tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish M...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI