O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPЕKSIYASI

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

Inspeksiya telefoni
998 71 231-07-53 Batafsil
  • O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi
    ...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

    Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

    Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan  xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalari 2018 yilda e’lon qilingan ro‘yxat asosida shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting e’lon qilingunga qadar amal qiladi.

    Ro‘yxatni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining www.tdi.uz rasmiy sayti orqali ko‘rishingiz mumkin.

    Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:

    -ARWU – The Academic Ranking of world Universities;

    THE – Times Higher Education;

    -QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.

     

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

    Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

    Matbuot xizmati

    -Qo‘shma qarorni yuklab olish

    O`xshash yangiliklar
...
22.02.2019 409
Xiva shahrida tashkil etilgan sayyor qabulda umum ta’lim maktablari reytingini aniqlashning maqsad va vazifalari, reyting indikatorlari hisoblash metodikasi, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro dasturlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shu bilan bir qatorda Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil qilish, litsenziya olish yuzasidan ma’lumotlar berildi. Sayyor qabulga ...

...
17.04.2018 1764
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018 yil  11 fevraldagi 08-304-sonli topshiriq xati asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspetsiyasi boshlig‘ining 2018 yil 10 apreldagi 122-sonli buyrug‘iga binoan joriy yilning 16-24 aprel kunlari Qo‘qon davlat pedagogika instituti va ...
HUDUDIY BO’LIMLAR
SAYT XARITASI