× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

167 ta maktabda taʼlim sifati qoniqarsiz deb topilgan
08.02.2021

photo_2021-02-08_15-24-40.jpg

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan 2020-yil rejasiga muvofiq 2020 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari taʼlim sifatini taʼminlash faoliyatiga baho berilib, 167 ta maktabda taʼlim sifati qoniqarsiz deb topilgan.

Bu haqida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Taʼlim inspeksiyasi tomonidan 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

– 2020-yilda rejaga asosan jami 2020 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari taʼlim sifatini taʼminlash faoliyatiga baho berildi. Natijada ularning 1853 tasi akkreditatsiyalandi va 167 ta maktabda esa taʼlim sifati qoniqarsiz deb baholandi. Taʼlim sifati past deb eʼtirof etilgan maktablar faoliyatini yaxshilash maqsadida ular xalq taʼlimi boʻlimlarining metod xizmatlariga biriktirildi, tajribali pedagog-ekspertlarni jalb qilgan holda taʼlim sifatini yaxshilash amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, oʻtgan yil davomida 788 ta maktab faoliyatida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha hududiy hokimliklar va Xalq taʼlimi boshqaruv organlariga taqdimnomalar kiritildi. Natijada masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan 87 nafar rahbar xodimlarga vakolatli organlar tomonidan intizomiy choralar koʻrilishi taʼminlandi. Xususan, 22 nafari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 4 nafarining oylik maoshiga nisbatan jarima qoʻllanildi, 24 nafariga hayfsan eʼlon qilinib, 37 nafari majburiy malaka oshirishga yuborildi, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻz nutqida.