× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oliy taʼlimda professional standartlar, kasblarni optimallashtirish boʻyicha rejalar belgilab olindi
24.07.2021


image_2021-07-19_16-56-16.png

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 16-iyun kuni oliy taʼlim tizimidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari masʼullari ishtirokida “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar: professional standartlar, kasblarni optimallashtirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Videokonferensiya koʻrinishda tashkil etilgan tadbirda taʼlim standartlari va oʻquv jarayonini xalqaro talablar asosida takomillashtirish va iqtisodiy tarmoqlar uchun kasblarni optimallashtirish orqali oliy maʼlumot talab qiladigan yangi kasblarni kiritish boʻyicha amalga oshirilishi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

photo_2021-07-23_19-27-29.jpg

Tadbir avvalida soʻz olgan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev oliy taʼlim tizimida mutaxassislar tayyorlashda meʼyoriy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirishdagi muammolar va yechimlarga toʻxtalib oʻtdi.

– Oʻtgan yilda Hukumat qarori bilan ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasining Milliy malakalar ramkasi tasdiqlandi, 37 ta “Tarmoq kengashlari” tuzildi va ular tomonidan oʻzlariga biriktirilgan tarmoqlar boʻyicha kvalifikatsiya ramkalari ishlab chiqildi. Bugungi kunda ushbu tarmoq kvalifikatsiya ramkalari doirasida 1200 dan ortiq kasb standartlari ishlab chiqildi.

Milliy malakalar ramkasida professional taʼlim 3,4,5 - darajalar etib belgilangan boʻlsa, oliy taʼlim esa 6 –(bakalavr) va 7 – (magistr) darajani hamda ilmiy darajalilar 8-pogʻonada berilgan.

Endi ushbu jarayonni oliy taʼlim tizimi uchun uzluksiz davom ettirilishi boʻyicha hamkorlikda ishlashimiz lozim.

Davlatimiz rahbari tomonidan qisqa muddatlarda oliy taʼlimni ham inobatga oladigan kasb standartlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish vazifasi belgilangan, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.

Shundan soʻng, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov OTMlarning akademik mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish hamda oʻquv jarayonini xalqaro talablar asosida takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

image_2021-07-19_16-45-21.png

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muxitdinov esa iqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy maʼlumot talab qilinadigan kasblarni optimallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot oʻtib berdi.

photo_2021-07-23_19-27-27.jpg

Shuningdek, tadbir davomida inspeksiya va vazirliklarning masʼul xodimlari tomonidan taʼlim standartlari va oʻquv jarayonini xalqaro tajribalar boʻyicha taqdimotlar oʻtib berildi va kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha fikr almashildi.

2021-07-24_17-49-28.png


Ushbu yoʻnalishda yangi oʻquv yiliga qadar hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni tizimlashtirish maqsadida “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, tarmoq kengashlari ish faoliyatini jadallashtirish uchun “Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi”ni tashkil etish hamda 29 ta tarmoq kengashlari rahbarlari ishtirokida onlayn muloqot tashkil qilib vazifalarini belgilab berishga kelishib olindi.