× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Toshkent viloyatida maktablarini tashqi baholashdan oʻtkazish jarayonlari muhokama qilindi
27.07.2021

Тош вил аттестация.png

Joriy yilning 24-iyul kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tomonidan umumtaʼlim muassasalari rahbarlari va tuman (shahar) Xalq taʼlimi boʻlimlari masʼul xodimlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.

Unda 2021-yil attestatsiya rejasiga koʻra tashqi baholashdan oʻtkazilgan umumtaʼlim maktablarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Seminar davomida attestatsiya komissiyalari tomonidan “attestatsiyadan oʻtmadi” deb xulosa berilgan umumtaʼlim maktablarini qayta attestatsiyaga jalb qilish masalalari boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Toshkent viloyatida tashkil qilingan tayanch maktablari faoliyati samaradorligi va ularning moddiy texnik bazasi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish choralari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.