× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi islohotlarini qoʻllab-quvvatlashda Shveysariya tajribasi oʻrganilmoqda
27.07.2021

Screenshot_5.png

Joriy yilning 27-iyul kuni Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi vakili Andreas Gerris oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Oʻzbekistonda kasb-hunar taʼlimi islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasining dastlabki bosqichi natijalari va bu borada istiqbolda turgan vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Muhokamalar avvalida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev professional taʼlimda kadrlar tayyorlash masalasi bugungi kun tartibida eng muhim masalalardan boʻlib turganini eʼtirof etar ekan, Shveysariya vakiliga mazkur jarayonlarni qoʻllab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Screenshot_7.png

Shuningdek, Taʼlim inspeksiyasi faoliyati, mamlakatimizda taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish, professional taʼlimda kasb standartlarini ishlab chiqish, sohada ish beruvchi – taʼlim muassasasi hamkorligi hamda taʼlim va amaliyot integratsiyasini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berib oʻtdi.

Oʻz navbatida, shveysariyalik mehmon bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholar ekan, oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:

Screenshot_8.png

– Avvalo, Siz bilan uchrashib turganimdan va mamlakatingizda professional taʼlimni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz.

Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bu boradagi tashabbuslaringizni qoʻllab quvvatlaydi. Loyiha doirasida Shveysariyadagi professional taʼlim boʻyicha yetakchi kompaniyalar ekspertlarni jalb qilishni rejalashtirilgan. Shuningdek, hamkorlik yoʻnalishimiz ham Shveysariya modelini Oʻzbekistonga toʻgʻridan toʻgʻri koʻchirish emas, balki ushbu yoʻnalishdagi ijobiy jihatlarni mamlakatingiz sharoitiga moslashtirishdan iborat boʻlishi, oʻylaymanki, maqsadga muvofiq boʻladi, – dedi Andreas Gerris.

Uchrashuv yakunida tomondan koʻtarilgan masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olishdi.

Maʼlumot uchun, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi 2002-yilda tashkil topgan boʻlib, turli mamlakatlarda tabiiy ofatlar va gumanitar muammolarni bartaraf etish, ish oʻrinlarini yaratish va korxonalarni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda suv va suv bilan bogʻliq ekotizimlarga doir loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi.