× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Navoiy viloyatidagi taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda
28.07.2021

photo_2021-07-28_15-07-43.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Navoiy viloyati hududiy boʻlimi tomonidan barcha bosqichlardagi taʼlim muassasalarida yangi 2021-2022 oʻquv yili uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari oʻrganilmoqda.

photo_2021-07-28_15-07-49.jpg

Jumladan, shu haftada rejalashtirilgan Karmana va Qiziltepa tumanlari uchun Karmana tumani Jaloyir hududidagi umumtaʼlim maktablari, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda Karmana agroiqtisodiyot texnikumi oʻrganildi.

photo_2021-07-28_15-07-48.jpg

Mazkur jarayonlarda taʼlim muassasalari rahbarlari hamda qurilish-taʼmirlash ishlariga masʼul boʻlgan qurilish tashkiloti rahbarlari va ish yurituvchilari bilan suhbatlar oʻtkazilib, taʼlim muassasasini yangi oʻquv yiliga tayyor holga keltirish uchun barcha zarur choralarini koʻrish kerakligi tushuntirildi.

photo_2021-07-26_06-52-40.jpg

Shuningdek, taʼlim muassasalari rahbarlari va rahbar oʻrinbosarlari bilan taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni 15-avgustga qadar toʻliq yakunlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

photo_2021-07-28_15-07-46.jpg